Bosh sahifa / Katalog / Starterlar va generatorlar
Starterlar va generatorlar
2 ta mahsulotFiltrlar
Chevrolet Cobalt, Nexia, Gentra, Lacetti va Spark uchun starterlar va generatorlar. Dvigatel sust aylansa yoki rele faqat shiqillasa, starter ishdan chiqadi; akkumulyator yurishda razryadlansa va panelda batareya chirog‘i yonsa — generator. Sotib olishdan oldin klemmalar, bort tarmog‘i kuchlanishi va yuritma tasmasi holatini tekshiring: ba’zan sabab detalning o‘zida emas. Bo‘limda Bosch, Valeo va original GM bor, barchasi kafolat bilan. Kartochkalarda starter quvvati, generator toki, o‘rnatish uzeli va shkiv ariqchalari soni ko‘rsatilgan. Toshkent bo‘ylab buyurtma kuni yetkazib beramiz, menejer esa VIN bo‘yicha moslikni tekshiradi. Versiyalar nimasi bilan farq qilishini tushuntiramiz va GM originali bilan analog orasida tanlashga yordam beramiz.